AsosiyJinoyat

Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi

Yil davomida shahar prokuraturasi hisobotlar haqqoniyligi, jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlarini aniklash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazgan.

'Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi'ning rasmi

2025 yilda poytaxtda jinoyat ishi qo‘zg‘atish kerak bo‘lgan 954 ta jinoyat yashirilgan. Bu haqda Toshkent shahar prokurori Anvar O‘rmonov hisobot berdi. 

Qayd etilishicha, yil davomida shahar prokuraturasi hisobotlar haqqoniyligi, jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlarini aniqlish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazgan.

“Ichki ishlar organlarining jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qabul qilingan 954 ta (mahkama – 537, tumanlar – 417) noqonuniy qarorlari bekor qilinib, ular bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hisobdan yashirilgan jinoyatlarning 23 tasi og‘ir jinoyatlarni tashkil qiladi, uchta jinoyatlar qayd etmaslik yo‘li bilan hisobdan yashirilgani aniqlangan”, — deyiladi poytaxt prokurori axborotida.

Anvar O‘rmonov tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari tergovi ustidan ham alohida nazorat o‘rnatilganini bildirgan. Xususan, o‘tgan yili jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etishga oid 124 ta qaror bekor qilinib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shu bilan birga, 70 ta jinoyat ishini tugatish va to‘xtatish qarorlari bekor qilingan.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovning har tomonlama, xolis va faqat qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishi yuzasidan prokuror nazorati o‘rnatilgan, — deya hisobot bergan poytaxt prokurori.

​Ma’lumot uchun, o‘tgan 2025 yilda Toshkentda 30 600 ta jinoyat ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich 2024 yildagidan (32 106 ta) 4,7 foizga kamaygan. Qayd etilgan jinoyatlarning yarmidan ko‘pini (16 248 tasi) kiberjinoyatlar tashkil qilgan. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 7 681 ta bo‘lib, bir yil avvalgidan 1 225 taga (13,8 foiz) kamaygan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 03:43

    Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди

    Jambil viloyatidagi harbiy qismda qorovul tomonidan uzilgan o‘q tasodifan boshliqqa tegib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

    'Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 17.03.2026 11:05

    Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi

    “Energosavdo” filiali muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar so‘rab, pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 02:41

    Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr xodimi va sobiq soliq inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

    'Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 01:41

    Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi

    Uning uyiga qarata o‘q uzgan ayol qo‘lga olindi.

    '“O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

    Jinoyat 23.02.2026 13:26

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning 3 nafar mansabdori turli moddalar bo‘yicha ayblanib, sud jarayoni boshlandi.

    '"Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 13:52

    "Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi 1-sonli tergov hbsxonasida “bishkezlik manyak” nomi bilan tanilgan Qumarbek Abdirov o‘lik holida topildi.