“Hududiy elektrom tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filialining Farg‘ona bo‘linmasi muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaroga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha hisoblangan 1,8 milliard so‘m jarimani 210 million so‘mga tushirib berishni va’da qilgan.
U buning evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis so‘ralgan pulning 9 ming dollarini uchinchi shaxs orqali olayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Fuqarolarga shu kabi holatlarga duch kelganda DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qilish tavsiya etildi. Shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlanaadi.






