AsosiySalomatlik

JSST antibiotik chiqindilari xavfini kamaytirish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqdi

Dori-darmonlarga chidamli bakteriyalar yiliga dunyo bo‘yicha 5 million kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Agar zarur profilaktik choralar ko‘rilmasa, 2050 borib mazkur ko‘rsatkich 10 millionga yetishi mumkin.

'JSST antibiotik chiqindilari xavfini kamaytirish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqdi'ning rasmi

Bunday o‘sish dinamikasida antibiotiklarni ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan farmatsevtika chiqindilarining ham sezilarli ta’siri bor, deyiladi SSV Matbuot kotibi bergan xabarda. 

Chunki ushbu turdagi chiqindilar nafaqat atrof-muhit ifloslanishi, balki mavjud preparatlarga chidamli mikroblar paydo bo‘lishi hamda ularning mutatsiyaga uchrashi uchun sharoit yaratadi. 

Shuni hisobga olib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro ekspertlar guruhi, ilmiy doiralar va nazorat organlari vakillari bilan hamkorlikda antibiotik chiqindilarini boshqarishga doir ilk qo‘llanmani ishlab chiqdi. 

Undan bakteriyalarga qarshi preparatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, nazorat qiluvchi organlar va ekologiya inspektorlari uchun qator tavsiyalar o‘rin olgan. 

Qolaversa, qo‘llanma orqali oddiy iste’molchilar ham foydalanilmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan antibiotiklarni qanday utilizatsiya qilish bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?'ning rasmi

    Salomatlik 20.12.2024 22:32

    Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?

    Laron sindromi — kam uchraydigan genetik kasallik. Bunda o‘sish gormoni retseptor-oqsilining tuzilishi buzilgan bo‘ladi.

    'Kimlar dorilarni bepul olishi mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 20.12.2024 20:23

    Kimlar dorilarni bepul olishi mumkin?

    Surunkali kasalliklarga chalingan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron retsepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.12.2024 18:41

    'Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 11.12.2024 17:56

    Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?

    So‘nggi paytlarda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat va ichimlik suvi tarkibida sun’iy qo‘shimchalarning ko‘payishi hamda yashash hududlarida kanserogen moddalarning tarqalishi tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki bolalar orasida ham ko‘p uchramoqda.

    'JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi'ning rasmi

    Salomatlik 09.12.2024 12:31

    JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi

    Tibbiy test natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi.

    'Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda'ning rasmi

    Salomatlik 28.11.2024 13:29

    Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning eng keng tarqalgan turlaridan.