AsosiySalomatlik

Yurak qayta tiklanishining yangi usuli topildi

Olimlar "infarkt"dan keyin yurak toʻqimalarini qayta tiklashning yangi usulini oʻylab topdi.

'Yurak qayta tiklanishining yangi usuli topildi'ning rasmi

Lyuis Kas nomidagi tibbiyot maktabi olimlari yurak xurujidan keyin yurak toʻqimalarini qayta tiklashning yangi usulini topishdi. Bu haqda “Theranostics” jurnalida eʼlon qilingan.

Maʼlum qilinishicha, olimlar PSAT genini faollashtirish yurak toʻqimalarining regeneratsiyasini boshlashini aniqlagan. PSAT1 geni homiladorlik davrida hujayra oʻsishida faol ishtirok etadi, biroq kattalarda u deyarli ishlamaydi. Tadqiqotchilar ushbu genni oʻz ichiga olgan modifikatsiyalangan matritali RNK (modRNK) yaratib, uni infarktdan keyin darhol sichqonlarning yurak toʻqimalariga kiritgan.

Natijada, yurak mushak hujayralarining boʻlinishi faollashgan, chandiq toʻqimalar kamaygan va yangi qon tomirlari paydo boʻlgan. Bular hayvonlarda yurak faoliyatining sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelgan.

Maʼlumot uchun, Ushbu tadqiqotda qoʻllanilgan texnologiya – modRNK ilgari COVID-19 ga qarshi mRNK-vaktsinalarni ishlab chiqishda ham ishlatilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu yondashuv yurak yetishmovchiligi terapiyasining yangi usullariga asos boʻlishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07