AsosiyJamiyat

Andijonda Damas haydovchisi 32 nafar bog‘cha bolasini tashidi

Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 187,5 ming so‘m jarima qo‘llandi.

'Andijonda Damas haydovchisi 32 nafar bog‘cha bolasini tashidi'ning rasmi

Andijon tumani hududida Damas avtotransport vositasining haydovchisi 32 nafar bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib ketayotgan holati YPX inspektori tomonidan to‘xtatib qolindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar qildi. 

Avtomashina YPX inspektori tomonidan to‘xtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan, YPX inspektori tomonidan qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar