AsosiyJamiyat

Korrupsiya sabab sudlangan 566 amaldor qayta ishga olingach yana korrupsiyaga qo‘l urgan

Qonunchilik palatasining majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza ko‘rib chiqildi.

'Korrupsiya sabab sudlangan 566 amaldor qayta ishga olingach yana korrupsiyaga qo‘l urgan'ning rasmi

Agentlik direktori Akmal Burxonov 2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 879 nafarga yoki 2022 yilga nisbatan 12 foizga kamayganini, jinoyatlar soni esa 11 foizga pastlaganini, "Korrupsiya harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar miqdori ham 29 foizga kamaygan"ini ta’kidlab o‘tdi. 


"117 ta vazirlik va idoralarda yo‘lga qo‘yilgan ichki nazorat tuzilmalari faoliyati natijasida 4 ming 349 ta nazorat tadbirlarida 342,6 mlrd. so‘m mablag‘larning talon-toroj qilinishi aniqlanib, to‘plangan ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 953,4 mlrd. so‘mlik mablag‘larning noqonuniy sarf etilishining oldi olingan" — deydi u.

Shuningdek, korrupsiya sabab sudlangan 566 nafar amaldor qayta ishga olingan va yana korrupsiyaga qo‘l urganini ta’kidlaydi agentlik rahbari. 

Kuni kecha poytaxtda xalqaro media forum bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro eskpertlar, mutaxassislar va media vakillari ishtirok etib korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik vakillari hamda jurnalistlarning faolligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. 

“Jurnalistlar jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazishiga kasbiy ko‘nikmalari yetarlimi? Davlat idoralari bilan hamkorlikni amalga oshirishda hamda ularga bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qilishda bilim va malakalari yetarlimi? Ularga davlat organlari tomonidan ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etadimi? Jurnalistlar nafaqat davlat organlari balki o‘z tahririyati hamda OAV rahbariyati tomonidan kontentga bo‘lgan ta’sirdan erkinmi?” - degan savollar bilan spikerlarga murojaat qildi Davlat organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining roli nomli 1-sessiyasi moderatori elchi Antti Karttunen.  

Bu savollar nafaqat bizning balki butun dunyoda demokratik jamiyat qurayotgan davlatlarida dolzarb savol va o‘rni kelsa yechimini kutayotgan muammo hamdir. 

“Davlat organlarining ochiq ma’lumotlari bugungi kunda rivojlangan ammo ularni qulaylashtirilgan deya olmaymiz. Ularning ko‘pchiligi PDF formatdan foydalanadi. Bu format bilan qayta ishlay olmaymiz,” – deydi "Transparency International LATVIA” ijrochi direktori Inese Taurina.  - Aynan mana shu muammo bizning davlat tashkilotlarining ochiq manbalari bilan ham mubolag‘asiz bog‘liq. 

Yuqorida keltirilgan statistika bir yil davomida agentlik tomonidan qilingan ishlarni ko‘rsatsa, ushbu media forumdan so‘ng vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat axborot xizmatlari xodimlari undan tashqari jurnalistlar ham olgan tajribalarini hayotga qo‘llay olsa, ma’ruzalar davomida o‘z kamchiliklarini ko‘rib, ular ustida ishlay boshlasa davlat mablag‘larini talon-taroj qilishlar va budjetdan bo‘lgan noqonuniy sarf harajatlar yanada kamaygan bo‘lardi.  Balki forum ishtirokchilari o‘rtasida axborot va tajriba almashish uchun doimiy platforma yaratilishi islohotlarning yanada jadallashishiga yordam berar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.