AsosiyJamiyat

Toshkentda erkak kishi boshqa bir erkakka tegajog‘lik qildi

Voqea yuqumli kasalliklar shifoxonasida sodir bo‘lgan.

'Toshkentda erkak kishi boshqa bir erkakka tegajog‘lik qildi'ning rasmi

Toshkent tibbiyot muassasasida erkak kishiga tegajog‘lik qilgan erkak ustidan sud hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar bergan.

Voqea 31 avgust kuni soat 20:15 atrofida Chilonzor tumanida 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi jabrlanuvchidan telefonini tuzatib berishni so‘rab, palatasiga chaqirgan va eshikni yopib qo‘ygan. Shundan so‘ng, erkak orqadan kelib jabrlanuvchini quchoqlab, bo‘ynidan o‘pib, jinsiy a’zosiga tegingan. Biroz vaqt o‘tgach jabrlanuvchi palatani tark etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi ayblanuvchi erkakni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (jinsiy tahqirlash) bilan aybdor deb topib, 5 sutka qamoqqa olish jazosini tayilangan.

    Boshqa yangiliklar