AsosiyJamiyat

“Musaffo havo – 2030” dasturi – havo sifatini yaxshilash yo‘lidagi yangi qadam

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yangi Saylovoldi dasturidagi tashabbuslardan biri ekologik holatni yaxshilash, aholi salomatligini saqlash va kelajak avlodlar uchun sog‘lom atrof-muhit yaratishga qaratilgan.

'“Musaffo havo – 2030” dasturi – havo sifatini yaxshilash yo‘lidagi yangi qadam'ning rasmi

O‘zbekiston aholisi uchun havo ifloslanishi tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Kuzda, isitish mavsumi yaqinlashib, issiqlik elektr stansiyalari faol ishlay boshlaganda, yozda esa poytaxtni vaqti-vaqti bilan qoplaydigan chang bo‘ronlari kelishi bilan muammo yanada og‘irlashmoqda.

Havo sifati hozirda 117 mamlakatning 6000 dan ortiq shaharlarida monitoring qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoramizning 99% aholisi JSST tomonidan belgilangan maqbul sifat standartlaridan tashqari ifloslangan va ularning sog‘lig‘iga tahdid soladigan havodan nafas oladi.

Havo ifloslanishi dunyoda ko‘plab o‘limlarga sabab bo‘lmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) har yili oldini olish mumkin bo‘lgan ekologik sabablar tufayli 13 million kishi o‘limini taxmin qilmoqda. PM 2,5 zarrachalar (0,001 dan 2,5 mikrometrgacha bo‘lgan mayda havo zarralari) inson tanasiga o‘pka va qon oqimi orqali kirib, yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonda tasodifiy bo‘lmagan o‘limlarning olti foiziga iflos havo sabab bo‘lmoqda.

Havoning ifloslanishi oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir qiladi, iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladi, iqlim o‘zgarishiga hissa qo‘shadi.

Xorij tajribasiga ko‘ra, bir qator rivojlangan davlatlarda atmosfera havosini yaxshilash bo‘yicha muvaffaqiyatli dasturlar mavjud. Masalan, Germaniyada “Clean Air Program” dasturi orqali yirik shaharlarda avtomashinalar uchun maxsus “qizil zona”lar joriy etilgan, bu yerlarda faqat elektromobillar yoki zararsiz transport vositalari harakatlanishi mumkin. AQSHda esa “Clean Air Act” qonunchiligi asosida sanoat chiqindilarini kamaytirish, yashil hududlarni ko‘paytirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyamizning yangi Saylovoldi dasturida “Barcha hududlarda atmosfera havosini yaxshilash bo‘yicha “Musaffo havo – 2030 milliy dasturi”ni qabul qilish” taklifi muhim tashabbuslardan biridir. Ushbu dastur ekologik holatni yaxshilashga, aholi salomatligini saqlashga va kelajak avlodlar uchun sog‘lom atrof-muhit yaratishga qaratilgan.

O‘zbekistonda “Musaffo havo – 2030” milliy dasturini joriy etish barcha hududlarda havo sifati bo‘yicha monitoring o‘tkazish va havoni ifloslantiruvchi omillarni aniqlashga yordam beradi. Bu orqali aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Partiyamizning “Musaffo havo – 2030 milliy dasturi”ni joriy etish taklifi O‘zbekistonning ekologik va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim qadamdir. Xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda, mazkur dasturni samarali amalga oshirish orqali mamlakatimizda havo sifati yaxshilanishi va ekologik muammolarning kamayishiga erishish mumkin.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.