AsosiyJinoyat

Samarqandda eri tomonidan doim kaltaklangan ayol o‘zini o‘ldirdi

Erkak voyaga yetmagan o‘g‘il va qizini ham kaltaklab kelgan.

'Samarqandda eri tomonidan doim kaltaklangan ayol o‘zini o‘ldirdi'ning rasmi

Samarqandda eri muttasil kaltaklab, mardikorlikka chiqishga majbur qilgan ayol o‘zini o‘ldirdi. Erkak xotining mardikorlikdan ishlagan pullarini ham olib qo‘ygan.

Aniqlanishicha, erkak nafaqat xotinini, balki voyaga yetmagan bir o‘g‘il va bir qizini ham kaltaklab kelgan. Surishtiruvga ko‘ra, ayolning otasida qon bosimi baland bo‘lgani uchun u muammoni uyidagilarga ayta olmagan. Ammo, ota-onasi qizining muntazam kaltaklar ichida yashayotganidan xabar topgan. Kuyoviga nasihat berish uchun kelganida ularni uydan haydab yuborgan.

Erkak xotinini urib, ahvolini og‘irlashtirib qo‘yganida shifokor chaqirishga yoki kasalxonaga borishga ruxsat bermagan. Qaynonasi esa, "o‘sha yerdan o‘liging kelsin" deb, kasal holida haydab yuborgan.

Ayol o‘zini o‘ldirgan tunda bolalar onasining jasadini ko‘rganini aytgan. Yangasi esa ularning "qulog‘iga qurt solish" bilan qo‘rqitib, uxlashga majbur qilgan. Erkak shu kuni ayolning holidan xabar olish uchun kelgan yana ikki kishini pichoqlagan.

Unga nisbatan JKning 103-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan 8 ĭil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, JKning 104-moddasi 2-qismi "b,l" bandlari bilan 5 ĭil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, JK 109-moddasi 2-qismi bilan 1 ĭil ozodlikni cheklash jazosi, JKning 59,61-moddalari tartibida, 9 ĭil ozodlikdan mahrum qilish jazosi taĭinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar