AsosiyJinoyat

Qizlarni Ummonga fohishalikka jo‘natib kelgan 2 ayolga sud hukmi o‘qildi

Jabrlanuvchilar orasida sudlanuvchining ovsini ham bo‘lib, uni ofitsiantlikka yuborishini aytib, aldagan.

'Qizlarni Ummonga fohishalikka jo‘natib kelgan 2 ayolga sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

Qizlarni Ummon davlatiga fohishalikka jo‘natib kelgan 2 ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda "Zamon" dasturi xabar qildi. 

Ma’lum qilinishicha, asli Farg‘onadan bo‘lgan 32 yoshli ayol yosh qizlarni Ummon davlatida fohishalikka majburlab kelgan.

O‘zining jinoiy qilmishiga Jizzaxlik ayolni sherik qilgan. Ular chet elga chiqish orzusida yurgan qizlarni viza va boshqa xarajatlarini to‘lab, ularni 2021 yildan boshlab xorijga yuborgan.
U qizlarning orasida o‘zining ovsini ham bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, ayolning yoniga uy olish, sharoitini to‘g‘rilash uchun ishlash maqsadida borgan.

"Men borganimda umuman til bilmasdim, tushunmasdim. U gaplashib, qizlarni mehmonxonaga tashlab chiqardi. Men ofitsiantlikka borgan edim, keyin meni fohishalikka majburladi",- deydi ayol.

Guvohlardan biri sudlanuvchi u yerga juda ko‘p qizlarni chaqirib bergani, 18 ta qiz bor, deb eshitganligini ta’kidladi.

Holat yuzasidan sud ishi Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi. 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar JKning 135-moddasi 2-qismining tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar