AsosiyJamiyat

Toshkent – Dubay – Toshkent reysiga bepul bagaj miqdori oshirildi

Imtiyoz 20 sentyabrdan 31 oktyabrgacha amal qiladi.

'Toshkent – Dubay – Toshkent reysiga bepul bagaj miqdori oshirildi'ning rasmi

20 sentyabrdan 31 oktyabrgacha Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarda odatdagidan 10 kg ko‘proq yuk olib o‘tish mumkin. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Yuqorida keltirilgan muddat mobaynida bepul bagaj miqdori quyidagicha bo‘ladi:   

 ekonom-klass toifasidagi qaytariladigan tariflar uchun – 40 kg gacha;  

ekonom-klass toifasidagi qaytarilmaydigan tariflar uchun – 30 kg gacha;  

biznes-klass uchun – 50 kg gacha.  

 Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan muddatda amalga oshiriladigan parvozlar uchun UzAirPlus sodiqlik dasturi a’zolari 20% ko‘proq ballarga ega bo‘ladilar.

    Boshqa yangiliklar