AsosiyJAMIYAT

Markaziy Osiyoda suv taqchilligi o‘tkir tus olmoqda

Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

'Markaziy Osiyoda suv taqchilligi o‘tkir tus olmoqda'ning rasmi

Bugungi kunda Markaziy Osiyo aholisi 80 milliondan oshdi. Mintaqaning yalpi ichki mahsuloti kelgusi besh yilda 700 milliard dollarga yetishi kutilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda.

Shu bilan birga, mintaqamizda yirik infratuzilma loyihalariga talab kun sayin ortib bormoqda. Hozirda amalga oshirish boshlangan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish ana shunday yirik mintaqaviy infratuzilma loyihasiga yaqqol misoldir.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslari taqchilligi muammolari ayniqsa o‘tkir tus olmoqda.

“O‘zbekiston bu borada o‘z strategiyasini ishlab chiqib, kelgusi besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish orqali 15 milliard kub metr suvni tejash bo‘yicha katta loyihalarni boshlagan.

Lekin suv muammosini hal qilish butun mintaqa davlatlari va xalqaro moliya tashkilotlarining birgalikda ishlashini talab qiladi.

Shu bois, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqchiman. O‘ylaymanki, qo‘shnilarimiz ham bu tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaydi”,
 - dedi Prezident.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:34

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:30

    'Ashraf Xo‘jayev Efiopiyada rasman elchilik faoliyatini boshladi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:55

    Ashraf Xo‘jayev Efiopiyada rasman elchilik faoliyatini boshladi

    Ashraf Xo‘jaev Efiopiya Prezidenti Taye Atske-Selassiega ishonch yorliqlarini topshirdi.

    'Nukuslik 11 yoshli bola O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinida rasmiy to‘pni maydonga olib chiqdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:00

    'Farg'onada 18 yoshli qizni Turkiyaga olib chiqib ketmoqchi bo'lganlar qo'lga olindi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:18

    Farg'onada 18 yoshli qizni Turkiyaga olib chiqib ketmoqchi bo'lganlar qo'lga olindi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'O‘zbekistonning ikki qishlog‘i Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:07

    O‘zbekistonning ikki qishlog‘i Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi

    Ayni paytda O‘zbekiston rasmiy idoralari mazkur masala yuzasidan bayonot bermagan.