AsosiyJamiyat

O‘zbekistonlik shifokorlar Moskvada "Ona va bola o‘limini kamaytirish yo‘llari" kursini o‘tayapti

10 kunlik seminar Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

'O‘zbekistonlik shifokorlar Moskvada "Ona va bola o‘limini kamaytirish yo‘llari" kursini o‘tayapti'ning rasmi

Ayni paytda O‘zbekiston poytaxti va hududlaridan 9 nafar mutaxassis Moskva shahrida «Ona va bola o‘limini kamaytirish yo‘llari» kursini o‘tayapti. Bu haqda  Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xabar qildi.

Delegatsiya Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi(RIOvaBSIATM) va uning hududiy filiallari, shuningdek Toshkent tibbiyot akademiyasi vakillaridan tarkib topgan.

 10 kunlik seminar Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Ona va bola o‘limini kamaytirish yo‘llari» MDH, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar salomatligini muhofaza qilish loyihasi doirasida tashkil etilgan. Seminar ishtirokchilari  O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Amerikalik mutaxassislaridan tarkib topgan.

 O‘qish va tajriba almashish Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi «Akademik V.I. Kulakov nomidagi Akusherlik, ginekologiya va perinatal milliy tibbiyot tadqiqot markazi» Federal davlat budjet muassasasining simulyatsiya-trening markazi va klinik-tashxis bo‘linmalari bazasida amalga oshirilyapti.  

 Seminar ishtirokchilariga qutlov bilan Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi «Akademik V.I. Kulakov nomidagi AGvaPMTTM (NMITS AGiP)» FDBM (FGBU) direktori, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Gennadiy Suxix murojaat qildi. U a’zo mamlakatlarning ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida umumiy vazifasi mavjudligini va bu yerda zamonaviy tibbiyot fanini rivojlantirish uchun davlatlararo o‘zaro hamjihatlik  muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

  Kulakov Markazi Rossiya Federatsiyasidagi ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasidagi yetakchi va bosh federal muassasa sanaladi. U Rossiya hududidagi barcha tug‘ruq muassasalariga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi. Shunga muvofiq, biz hududiy filiallarimizni mahalliytug‘ruq muassasalari bilan o‘zaro birgalikdagi harakatini tashkillashtirish masalasida ulardan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p, — deb hisoblaydi RIOvaBSIATM kadrlar tayyorlash va shifokorlarmalakasini oshirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Timur Abduraimov. — Eng avvalo homilador ayolni yashash joyidagi poliklinikada hisobga olgan vaqtdan boshlab bu haqda hududiy filialdagilar ham, Ona va bola salomatlik markazidagilar ham bilishi uchun u to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni bitta ma’lumotlar bazasida konsentratlash yo‘li bilan tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishni o‘rganishimiz kerak. 

 MDH mamlakatlari bugun bir-birining sog‘liqni saqlash tizimlarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiryapti. Mazkur treningning tashkillashtirilishi ham Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bunday loyihalar har xil mamlakatlar tibbiyot xodimlarining tez-tez uchrashib turish, sog‘liqni saqlashga oid dolzarb masalalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokama qilish imkonini yaratadi. Bu esa aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 O‘zbekiston Respublikasi ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va V.I. Kulakov nomidagi Rossiya Markazini vaqt bilan sinalgan hamkorlik munosabatlari bog‘laydi. Bu tashkilotlar orasida bugun o‘zaro ikki tomonlama hamkorlik haqidagi Bitim harakatda. Ikki mamlakat mutaxassislari muntazam ravishda akusherlik va ginekologiya, neonatologiya, anesteziologiya-reanimatologiya, akusherlik ishlari kabi yo‘nalishlaridagi   so‘ngi ishlanmalari va to‘plangan bilimlari bilan o‘rtoqlashadi.

 Iyul oyi so‘ngida Akademik V.I. Kulakov nomidagi AGvaPMTTM FDBMning 8 nafar eksperti Toshkent shahrida xalqaro trening o‘tkazdi. 5 kun davomida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 30 nafardan oshiq mutaxassislari ona va bola o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni o‘rgandi.

 Seminar ishtirokchilari o‘quv kurslari doirasida akusherlik, ginekologiya, neonatologiya, perinatologiya va aralash fanlar bo‘yicha yirik federal tadbir — «Mat i Ditya» («Ona va Bola»)Butunrossiya ilmiy-fan XXV yubiley forumida ishtirok etadi. Forum har yili faoliyati muhim muammolarning, tendensiyalarning, ona va bola sohasini rivojlantirish yo‘lidagi yangi yutuqlarning va istiqbolning muhimligini yuzaga chiqarish, ona va bola sog‘ligini mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan olimlar, har xil mutaxassislikdagi amaliyot shifokorlarkuchlarini birlashtirish imkonini beradi.

 Joriy yil 4-chorakda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Ona va bola markazi va uning filiallari mutaxassislarining navbatdagi guruhini malaka oshirish va ish joyida stajirovka o‘tash maqsadida Rossiya Federatsiyasi (Sankt-Peterburg, Yekaterinburg) va Belarus (Minsk)dagi yetakchi tibbiyot markazlariga yuborish rejalashtirilgan.  

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 17:43

    'Shavkat Mirziyoyev Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 17:12

    Shavkat Mirziyoyev Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

    Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida uni O‘zbekistonga taklif qildi.

    'Qashqadaryolik shoir 33 yoshida olamdan o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 17:06

    Qashqadaryolik shoir 33 yoshida olamdan o‘tdi

    U o‘zini osib o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi.

    'Ayrim shaxslarga temir yo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 14:31

    'Toshkentdagi KHAY ko‘chasining bir qismi bir oyga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 10:04

    Toshkentdagi KHAY ko‘chasining bir qismi bir oyga yopildi

    Haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

    'Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ayolda to‘lg‘oq boshlanishi sabab yana favqulodda qo‘ndi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 08:55