1 oktyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida bir qator yangi tartiblar kuchga kiradi.
Jumladan:
- ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi;
- nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaxshilanadi;
- uy parrandasi go‘shtini olib kirishga imtiyozlar bekor qilinadi;
- turoperatorlar va mehmonxonalarga QQSning bir qismi qaytariladi;
- modulli mehmonxonalarga subsidiyalar ajratiladi;
- zargarlik sohasi ustidan nazorat kuchaytiriladi;
- xususiy o‘quv markazlari reytingi tuziladi;
- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi;
- alkogol mahsulotlari ustidan yangi nazorat choralari o‘rnatiladi;
- sport tovarlarini bojlardan ozod etish muddati yakunlanadi;
- davlat xaridlari tizimida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.






