AsosiyJamiyat

Fuqaro AQSH dollarini oyoq kiyimida yashirib O‘zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi

Jami 50 ming AQSH dollari va 61 580 000 so‘m miqdoridagi pul holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.

'Fuqaro AQSH dollarini oyoq kiyimida yashirib O‘zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi'ning rasmi

“Olot” chegara bojxona posti orqali 50 ming AQSH dollarini O‘zbekiston Respublikasidan yashirincha olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postiga piyoda sifatida kirib kelgan fuqaro tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Dastlab bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida fuqaro yonidagi 5000 AQSH dollari hamda 38 mln so‘m miqdordagi milliy valyutalarni taqdim etadi. Ushbu naqd pullar qayta hisob kitob qilingan vaqtda esa, 5 000 AQSH dollari deya taqdim etilgan valyutalar aslida, 10 000 AQSH dollari, milliy valyutalar esa, 38 mln so‘m emas balki, 61 580 000 so‘m ekanligi aniqlandi.

O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida esa fuqaro yana 30 ming AQSH dollarini oyoq kiyimi ostiga va 10 ming AQSH dollarini yon cho‘ntaklariga berkitib, olib chiqishga uringanligi tasdiqlandi.

Hozirda fuqaroning mazkur xatti-harakati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jami 50 ming AQSH dollari va 61 580 000 so‘m miqdoridagi milliy valyutalar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 mln so‘mgacha bo‘lgan naqd valyuta mablag‘larini ixtiyoriy tarzda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 22:29

    Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi

    Buning uchun tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.

    'Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 20:50

    Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi

    Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 minggacha etadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 19:09

    'Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 15:15

    Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi

    Qonunchilik palatasi avtomobilning bosib o'tgan yo'lini kamaytirib ko'rsatish yoki odometrni almashtirib, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilashni qo'llab-quvvatladi.

    'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 14:38

    Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

    Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

    'Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.11.2025 13:51

    Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi

    Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida ushbu maʼlumot haqida soʻz bordi.