AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" samolyotlari Eron va Iroq ustidan uchmaydi

Parvozlar ikki davlat hududini aylanib o‘tgan holda amalga oshiriladi.

'"Uzbekistan Airways" samolyotlari Eron va Iroq ustidan uchmaydi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" kompaniyasi Eron va Iroq havo hududini aylanib o‘tgan holda parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya axborot e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu qarorga kelingan.

Qayd etilishicha, 2024 yil 2 oktyabrdan boshlab, O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligining ko‘rsatmasiga muvofiq, "Uzbekistan Airways" Iroq havo hududi va Eron havo hududining g‘arbiy qismini aylanib o‘tgan holda, aniq ko‘rsatmaga qadar muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Shunga qaramasdan, kompaniya parvozlarning maksimal xavfsizligini ta’minlash uchun muqobil yo‘nalishlardan foydalangan holda Toshkent-Tel-Aviv-Samarqand/Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni to‘xtatmaydi.

    Boshqa yangiliklar