AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqaro qabristonda tulki uyasini kovlab, bolalarini oldi

Fuqaro jarimaga tortilgan.

'Samarqandda fuqaro qabristonda tulki uyasini kovlab, bolalarini oldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Elshod Shamsiddinov nomi ostida “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida blogerlik faoliyatini olib boradigan fuqaro o‘zining sahifasiga O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan kapcha ilon, hind boygasi iloni, dasht qora iloni, bo‘z echkemari hamda tulki bolalariga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan videolarini yuklagan”ligi to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi.

Holat Samarqand tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganildi.

Ma’lum bshlishicha, Samarqand tumani, “O‘rta Turkman” MFYda yashovchi fuqaro E.Sh. bu holatlar 2020 yilda do‘stlari bilan tog‘ sayriga chiqqanida bo‘lganini aytgan. Ular mahalliy ilonni tutib olgan va yana qaytib qo‘yib yuborgan. 

Shuningdek, uyining orqa qismida joylashgan qishloq qabristonidagi tulki uyasini kovlab bolalarini olgani va aholi yashash manzilidan olisroqqa olib borib, qo‘yib yuborganini aytgan. Bunga sabab qilib uyidagi parrandalarni yeb ketayotgani ko‘rsatilgan. 

Mazkur fuqaroga nisbatan qonun talablariga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi. Shuningdek, bu kabi holatlar qonunga zid ekani tushuntirilgan.

    Boshqa yangiliklar