AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligi oshiriladi

Endi maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat berish yo‘lga qo‘yiladi.

'Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligi oshiriladi'ning rasmi

“Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-152-son, 30.09.2024 y.) qabul qilindi. Bu eaqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Farmonga ko‘ra, maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

kichik va o‘rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;

katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish.

2026/2027 o‘quv yilidan:

bog‘chalar tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi;

maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida elektron sertifikat berish yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 avgustgacha:

➖maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va o‘quv-metodik materiallar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi hamda ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi;

➖Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi ma’lumotlarining joylashtirilishi ta’minlanadi.

    Boshqa yangiliklar