AsosiyJamiyat

Jahongir Otajonov jarimaga tortildi

Xonandaning Zeekr mashinasida yuqori tezlikda harakatlangani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

'Jahongir Otajonov jarimaga tortildi'ning rasmi

Xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Zeekr X avtomobilida yo‘l harakati qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha Samarqand viloyati Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan Otajonov avtomobilida Toshkent-Samarqand yo‘lida 195 km/soat tezlikkacha chiqqani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128/3-moddasiga muvofiq BHMning 9 baravari (3 mln 375 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, kodeksning 128/1-moddasiga ko‘ra, yo‘lda telefondan foydalanib holatni videoga olgani uchun esa BHMning 3 baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarimaga tortilgan.

    Boshqa yangiliklar