AsosiySalomatlik

Olimlar insulin qabul qilishdan butunlay voz kechish yo‘lini topdi

Ilk bor ildiz hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish orqali qandli diabetning birinchi va ikkinchi turini davolashga muvaffaq bo‘lindi.

'Olimlar insulin qabul qilishdan butunlay voz kechish yo‘lini topdi'ning rasmi

Xitoy olimlari ilk bor ildiz hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish orqali qandli diabetning birinchi va ikkinchi turini davolashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu yangi muolaja usuli bemorlarning insulin qabul qilishdan butunlay voz kechib, salomatligini tiklashiga yordam berdi. Buning uchun qayta dasturlashtirilgan hujayralardan foydalanildi. 

Klinik sinovlar chog‘ida qandli diabetning 1-turidan aziyat chekayotgan 25 yoshli ayolda ildiz hujayralari transplantatsiyasi amalga oshirildi. 

Operatsiyadan bir necha oy o‘tib, bemor organizmi insulin gormonini ishlab chiqarish qobiliyatini bosqichma-bosqich tikladi. Natijada ayol yana sog‘lom hayotga qaytdi. 

Ma’lumki, ildiz hujayralari o‘z-o‘zidan ko‘payish, mitoz yordamida bo‘linish va maxsus hujayralar hosil qilish, ya’ni turli a’zo va to‘qimalarga aylana olish xususiyatiga ega. 

Zamonaviy tibbiy amaliyotda ulardan onkologik, xususan, leykoz kabi qator kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Endi bunday xastaliklar ro‘yxatiga qandli diabet ham qo‘shildi. 

Klinik sinovlarning navbatdagi bosqichida kasallikning 2-turiga chalingan 59 yoshli erkak shu usulda davolandi. Ildiz hujayralari ko‘chirib o‘tkazilgan ushbu bemor insulin qabul qilishdan to‘liq voz kechishga erishdi. 

 Tyanszin shahar markaziy shifoxonasi qoshidagi Transplantatsiya markazi bosh shifokori Van Shusenning qayd etishicha, ushbu yangilik dunyoda qandli diabetga chalingan millionlab odamlarni davolashda olamshumul yutuq bo‘lishi mumkin. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Antibiotiklar bakteriyalarga qarshi samarasizlashib bormoqda'ning rasmi

    Salomatlik 15.10.2025 14:05

    Antibiotiklar bakteriyalarga qarshi samarasizlashib bormoqda

    Infeksiyalarning dori vositalariga chidamliligi 5–15 foizga oshmoqda.

    'Chips va "fast-food" xotira pasaytiradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 17.09.2025 08:40

    Chips va "fast-food" xotira pasaytiradimi?

    Chips va "fast-food" iste'molidan 4 kundan so'ng xotira pasayishi mumkin, olimlar ogohlantirmoqda

    'Yurak qayta tiklanishining yangi usuli topildi'ning rasmi

    Salomatlik 04.08.2025 18:44

    Yurak qayta tiklanishining yangi usuli topildi

    Olimlar "infarkt"dan keyin yurak toʻqimalarini qayta tiklashning yangi usulini oʻylab topdi.

    'Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi'ning rasmi

    Salomatlik 12.07.2025 11:18

    Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi

    Kasallikning O‘zbekistonga ta’siri qanday? Infeksiya kirib kelmasligi uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?

    'Ozishga mo‘ljallangan ukollarni oddiy va foydali mahsulotlar bilan almashtiring'ning rasmi

    Salomatlik 30.06.2025 18:05

    'Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 20:00

    Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?

    Yozning jazirama kunlarida salqin ichimliklarning inson salomatligiga zararli ekanligini aslo unutmaslik lozim. Ayniqsa, ular quyosh tig‘i ostida saqlanayotgan bo‘lsa.