Eron hukumati havo qatnovini yana to‘xtatdi. Butun mamlakat bo‘ylab parvozlar 6 oktyabr, yakshanba kuni soat 21.00 dan (Toshkent vaqti bilan 22.30) bekor qilindi. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.
Taqiq 7 oktyabr kuni ertalab soat 6.00 (Toshkent vaqti bilan 7.30) gacha amal qiladi, deb xabar bermoqda Eronning Mehr va Isna agentliklari fuqaro aviatsiyasi idorasi vakiliga tayanib.
Bu choraga sabab sifatida "operativ cheklovlar" keltirilmoqda. Qo‘shimcha tushuntirish berilmagan.
Tehron 2 oktyabr kuni Isroilga hujumidan keyin ham xuddi shunday choralar ko‘rgan edi. Eron ustidagi havo hududi 48 soatga yopildi. Bundan tashqari, taqiq olib tashlanganidan keyin ham Tehronga va undan xalqaro reyslar amalga oshirilmadi.