2024 yil 2 oktyabr kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis bilan o‘lim oqibatli baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Jamiyat rasmiy kanalida xabar qilingan.
Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli organlarga xabar berilgan. Ayni paytda baxtsiz hodisa sabablari tegishli organlar tomonidan o‘rganilmoqda.
"Marhum hamkasblarimizning oilalariga hamdarlik bildirgan holda, barcha kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilishi ta’minlanishi ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.