AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda Marburg virusining oldini olish bo‘yicha ishlar boshlandi

JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.

'O‘zbekistonda Marburg virusining oldini olish bo‘yicha ishlar boshlandi'ning rasmi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Jahon Cog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini ma’lum qildi. Bu haqda Sanepidqo‘mita Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 sentyabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat ro‘yxatga olingan va shundan 6 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.

Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bilan bir katorda O‘zbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida faoliyat yuritayotgan Canitariya nazorat punktlarining (SNP) xushyorligi oshirilgan. 

Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:

Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolatorlarga alohidalash;

gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart extiyot choralarini ko‘rish, qo‘shimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy ximoya vositalaridan to‘liq foydalanish;

gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqatda bo‘lmaslik;

kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashhisoti va kasallikni oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;

kasallikni nazorat qilishda xavfsiz in’eksiya usullarini qo‘llash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish 

va chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish;

infeksiya bo‘yicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari  tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 20:33

    Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

    Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

    'O‘qituvchilarning ish haqi kechikishi sabablari yuzasidan tushuntirish berildi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 18:32

    O‘qituvchilarning ish haqi kechikishi sabablari yuzasidan tushuntirish berildi

    Qonunchilikda ish haqi kechikkani uchun kompensatsiya nazarda tutilgan.

    'Joriy yilgi paxta terim narxi belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 18:17

    Joriy yilgi paxta terim narxi belgilandi

    Avval har bir kilogramm uchun 1500 so‘mdan to‘lab kelingan bo‘lsa, endilikda bu narx oshirildi.

    'Toshkentda temir yo‘l xodimini poyezd bosib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 18:02

    'Qashqadaryodagi avtohalokatda 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 17:55

    Qashqadaryodagi avtohalokatda 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi

    YTHga “Mercedes-Benz" avtomobili haydovchisi qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo avtomobiliga urilishi sabab bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 17:13