AsosiyJamiyat

Ilk bor O‘zbekistondagi uchta OTM Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

Yana 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti da’vogar maqomida ro‘yxatga kiritildi.

'Ilk bor O‘zbekistondagi uchta OTM Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi'ning rasmi

Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Quvonarlisi ilk bor ushbu reytingda respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, O‘zbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

    Boshqa yangiliklar