AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi

O‘zbekistonda “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushirilishi kutilmoqda.

'Shavkat Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 oktyabr kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimizda ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha katta marralar belgilangan. Bunda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya masalalari muhim ahamiyatga ega. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 fevraldagi farmoniga asosan, sohadagi davlat boshqaruvi takomillashtirildi hamda yangi vazifalar qo‘yildi.

So‘nggi yillarda 12 mingta standart tasdiqlangan edi. Yil boshidan buyon yana 1 ming 40 ta xalqaro standart qabul qilindi. Mahsulot xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida 29 ta texnik reglament ishlab chiqildi. Bular sanoat korxonalari va tadbirkorlarga yetkazilib, sertifikatlar olishiga ko‘maklashilayapti.

Mutasaddilar sohada qilingan ishlar, yil yakunigacha va keyingi yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha axborot berdi.

Davlatimiz rahbari tashqi bozorlarga chiqish uchun samarali texnik tartibga solish tizimi shartligini ta’kidlab, qo‘shimcha vazifalarni belgilab berdi.

Bugungi kunda yurtimizdagi 269 ta laboratoriyadan atigi 64 tasida o‘tkazilgan sinovlar xalqaro darajada tan olinadi. Oqibatda tadbirkorlar mahsulotlarini eksportga olib chiqishda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.

Shu bois xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, elektr texnikasi, qurilish materiallari, mashinasozlik kabi sohalarda 10 ta yangi laboratoriya tashkil qilish zarurligi aytildi.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidan bormoqda. Texnik tartibga solish sohasidagi qonunchilikni ushbu tashkilot talablariga moslashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Bu yil 340 ta milliy standart, 2025 yil yakunigacha yana 38 ta reglament ishlab chiqiladi. 28 ta texnik qo‘mita, laboratoriyalar faoliyatini raqamlashtirish ham muhim. Buning uchun “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushiriladi.

Sohada sifat va samarani ta’minlash uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan mutaxassislar kerak. Shu bois sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat10.10.2024 21:58

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga yetib bordi

    Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    'So‘nggi 9 oy davomida amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida ma’lumot berildi'ning rasmi

    Siyosat10.10.2024 21:16

    So‘nggi 9 oy davomida amalga oshirilgan notarial harakatlar haqida ma’lumot berildi

    Eng ko‘p notarial harakatlar Toshkent shahrida amalga oshirilgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat10.10.2024 20:09

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston Prezidenti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro forumda ishtirok etadi.

    'Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 20:18

    Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi

    Davlatimiz rahbari yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi.

    'Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini ko‘rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 20:01

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini ko‘rib chiqdi

    Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda.

    'OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi uchun 15 mln dollar grant ajratadi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 19:48

    OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi uchun 15 mln dollar grant ajratadi

    Yangi elektr uzatish liniyasi mintaqa mamlakatlari o‘rtasida elektr energiyasi eksporti va importini oshiradi.