AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda “suyunchi puli” miqdori oshdi

Oktyabrdan to‘lov miqdoriga 10 foiz qo‘shiladi.

'O‘zbekistonda “suyunchi puli” miqdori oshdi'ning rasmi

Joriy yil 1 oktyabrdan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli (“suyunchi puli”) miqdori oshirilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Oktyabrdan O‘zbekistonda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli 738 150 so‘mdan 811 965 so‘mga oshirildi. Bu eng kam ish haqi miqdori ko‘tarilgani bilan bog‘liq. Ya’ni 1 oktyabrdan mamlakatda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 155 000 so‘m etib belgilangan. “Suyunchi puli” miqdori shundan 70,3 foizini tashkil etadi.

2024 yil 1 apreldan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzandi uchun barcha ayollarga to‘lanmoqda. Ikkinchi farzand uchun esa bola tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan barcha holatlarda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.

Sentyabr oyida respublikada nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilgandi. Ular oyiga quyidagi miqdorlarda to‘lanmoqda:

  • Yoshga doir nafaqa — 745 000 so‘m;
  • I guruh nogironlik nafaqasi — 1 027 000 so‘m;
  • II guruh nogironlik nafaqasi — 920 000 so‘m;
  • Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar nafaqasi — 920 000 so‘m;
  • Parvarishlash nafaqasi miqdori — 745 000 so‘m;
  • Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — 745 000 so‘m. Keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 244 000 so‘mdan qo‘shiladi;
  • Dafn etish nafaqasi — 1 712 000 so‘m.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 22:20

    Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

    Bugun u Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashgan.

    'Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 21:10

    Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi

    Davlat rahbari “Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi.

    'Xorazmga qariyb 8 million dollarlik 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 19:38

    Xorazmga qariyb 8 million dollarlik 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda

    Prezident viloyatda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.

    'Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 08:58

    Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi

    FVV hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini yozmoqda.

    'Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 22:32

    Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda

    Ushbu yuksak darajadagi tadbirga dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli olimlar, muftiylar, islomshunoslar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

    'Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 21:56

    Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi

    Marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.