AsosiySalomatlik

Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?

Zamonaviy hayotning toksik yukini hisobga olgan holda samarali ishlashi kerak bo‘lgan tanani tabiiy tozalashning uchta bosqichi haqida mutaxassisdan tavsiyalar.

'Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?'ning rasmi

Hozirda urf bo‘lgan terminlardan biri “detoks” bo‘lib, detoksikatsiya – bu nosog‘lom turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, atrof-muhit ta’siri va boshqa omillar natijasida tanamizda to‘plangan toksinlarni chiqarib tashlash jarayoni. Bu — umumiy salomatligimiz va holatimiz uchun juda muhim, deyiladi SSV Matbuot xizmati xabarida.

Tibbiyot fanlari doktori, dots.nt Dilafruz Abdullayeva bu haqda batafsil ma’lumot berdi.

— So‘nggi ovqat qabul qilishdan taxminan sakkiz soat o‘tgach, organizmda hazm qilish, so‘rilish jarayonlari tugaydi va tanamiz detoksikatsiya rejimiga o‘tadi, — deydi mutaxassis.

— Hozirda “detoks” atamasi tanani turli sharbatlar orqali tozalash bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aslida, bu organizmimiz o‘zidagi toksinlarni chiqarib tashlash uchun ratsionimizdagi ozuqaviy moddalarni qo‘llash orqali ishga tushiradigan biologik jarayondir.

Tanamizda jigar, buyraklar, teri va yo‘g‘on ichak kabi ko‘plab detoksikatsiya organlari mavjud. Zamonaviy hayotning toksik yukini hisobga olgan holda samarali ishlashi kerak bo‘lgan tanani tabiiy tozalashning uchta bosqichi mavjud.

Birinchi bosqich. Detoksikatsiyaning bu bosqichi jigarda sodir bo‘ladi. U zararli yog‘da eriydigan molekulalarni kamroq zararli birikmalarga aylantirishga yordam beradi va ular tanadan osonroq chiqariladi.

Ikkinchi bosqich. U ham jigarda sodir bo‘ladi va kon’yugatsiya jarayonini o‘z ichiga oladi. Ya’ni moddalar suvda eruvchan va shuning uchun kamroq zararli holga keladi. Keyinchalik bu moddalar buyraklar va ichaklar orqali peshob va safro bilan chiqariladi.

Uchinchi bosqich. Bunda toksinlar yoki keraksiz birikmalar hujayradan detoksikatsiya organlari: ichaklar, buyraklar, o‘pkalar va teri orqali chiqarib tashlanadi.

Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish orqali bu tizimning yaxshi ishlashini ta’minlash mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar