AsosiyDunyo
10090

Ayollarga hadya etilgan eng qimmatbaho sovg`alar reytingi

Forbes jurnali dunyo tarixida ayollarga hadya etilgan eng qimmatbaho sovg`alar reytingini e`lon qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

10. Millioner Mixail Guseriev o`g`lining to`yi uchun milliard dollar sarflab, ro`yxatning o`ninchi o`rnini egalladi.

9. Evelin Uolsh Maklin dunyoning eng mashhur olmoslari bo`lmish — “Sharq yulduzi” olmosini otasidan, “Xoup” olmosini turmush o`rtog`idan sovg`a sifatida olgan.

8. 2008 yilda hind milliarderi Anil Ambani rafiqasi Tinaga 80 million dollarlik, 34 metrli super yaxtani sovg`a qilgan.

7. Rafiqasiga atab Tojmahalni qurgan Shohjahon ro`yxatning ettinchi o`rniga loyiq topildi. Bino qurilishiga umumiy hisobda 827 million dollar sarflangan.

6. Aktyor Richard Barter 68 karatli, narxi 6,6 million dollar bo`lgan olmosni rafiqasi Elizabet Teylorga sovg`a qilgan.

5. Milliarder Roman Abramovich turmush o`rtog`i Darya Jukovaga yuz million dollarlik san`at asarlari badiiy galereyasini sovg`a qilgan.

4. Bu erda hadya ayolga emas, balki muzeyga berilgan. 2003 yilda milliarder Leonard Laurder narxi 1,1 milliard bo`lgan Pikasso, Brako, Lejelarning suratlarini Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyiga sovg`a qilgan.

3. Bank egasi Morton Plark rafiqasiga marvarid sovg`a qilish uchun yuz million dollar turadigan uyini sotgan.

2. Fransuz qiroli Lyudovik XVI hozirgi kunda miqdori 20 milliardga teng bo`lgan mablag`ni AQSh ozodligi uchun kurashgan respublikachilarni qo`llab-quvvatlashga sarflagan.  

1. Maxaraja Dalip Singx narxi 1 milliard dollar bo`lgan “Ko`hinur” olmosini 1849 yilda qirolicha Viktoriyaga sovg`a qilib, reytingning birinchi o`rnini egalladi.

Boshqa yangiliklar