AsosiyDunyo

Estoniyaliklar Rossiyadan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

So‘rovnomalarga ko‘ra, aholining katta qismi vatanini himoya qilishga tayyor.

'Estoniyaliklar Rossiyadan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

Estoniya aholisining deyarli 40 foizi Rossiya mamlakatga bostirib kirishi mumkinligiga ishonishadi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

 So‘rovnomalarga ko‘ra, aholining katta qismi vatanini himoya qilishga tayyor. Estoniyada bor-yo‘g‘i 6500 nafar professional harbiy xizmatchi bor, shuning uchun ham mamlakat bu o‘rinda Estoniya Mudofaa Ligasi (Kaytseliyt) a’zolari kabi zaxiradagi askar va ko‘ngillilarga tayanadi.

 Mudofaa ligasi ko‘ngillilari — ishchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar dam olish kunlari mashg‘ulotlarga chiqishmoqda. Ularga mashqlar davomida ular evakuatsiya ssenariylari, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rgatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar