AsosiyMadaniyat

Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi

Toshkentda davom etayotgan O‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida bu haqda xabar berildi.

'Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi'ning rasmi

Berlin davlat kutubxonasi saqlanayotgan Boburiylarga oid mazkur hashamatli albomning bir tomonida g‘azallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan.

Qiziq tomoni shundaki, albomdagi g‘azallar Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga tegishli bo‘lib, turkiy tilda yozilgan. 

-  Boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega bo‘lsa-da, hech qachon o‘z ota-bobosini, millatini, tilini unutmagan. Saroyda forscha, hindcha yoki boshqa tilda gaplashgan bo‘lishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda ko‘plab turkiy qo‘lyozmalar ko‘chirilgan. Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan bo‘lsa, qolgan 100ga yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi ma’lum qilindi. 

Chet ellarga tarqalib ketgan O‘zbekiston madaniy merosi namunalarini qaytarish kabi madaniy islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Hozirda Boburiylarga tegishli albomning tarqalib ketgan barcha qismlarining faksimileni yig‘ish va O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ishlar davom etmoqda, — dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov. 

Ilmiy yangiliklarga boy o‘tayotgan haftalik 26 oktyabrgacha davom etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '9 oyda O‘zbekistondagi muzeylarga 3 mln.dan ortiq mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi'ning rasmi

    Madaniyat 15.11.2024 11:37

    'Endilikda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi'ning rasmi

    Madaniyat 11.11.2024 18:17

    Endilikda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi

    Media mahsulotlarida davlat siyosati, davlat ramzlariga zid, axloqsizlik, behayolikni targ‘ib etuvchi holatlar mavjud yoki yo‘qligi o‘rganib boriladi.

    '"Shartlarga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi"'ning rasmi

    Madaniyat 29.10.2024 11:45

    "Shartlarga rioya qilmagan san’atkorlarning litsenziyasi to‘xtatiladi"

    “O‘zbekkonsert” xabardor qilmay xorijda konsert berayotgan xonandalarni ogohlantirdi.

    'Islom sivilizatsiyasi markazi Yo‘l xaritasi loyihalarining tasdiqlanishi kutilmoqda'ning rasmi

    Madaniyat 25.10.2024 11:14

    Islom sivilizatsiyasi markazi Yo‘l xaritasi loyihalarining tasdiqlanishi kutilmoqda

    Toshkentda O‘zbekiston madaniy meros haftaligining yakuniy plenar majlisi bo‘lib o‘tmoqda

    'Qur’onning Somoniylar davriga oid turkiy tarjimasi aniqlandi'ning rasmi

    Madaniyat 24.10.2024 15:08

    Qur’onning Somoniylar davriga oid turkiy tarjimasi aniqlandi

    Bu haqda Istanbul universiteti professori Emek Ushenmez Xalqaro madaniy meros xaftaligidagi ishtirokida aytib o‘tdi.

    '"Temuriylar davriga sayohat"'ning rasmi

    Madaniyat 23.10.2024 12:06

    "Temuriylar davriga sayohat"

    Bugun Xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida 3 ta muhim tadbir o‘tkaziladi.