AsosiySiyosat

Qozonda BRIKS sammiti ishtirokchilarini qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Prezidenti "BRIKS plyus" formatidagi sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

'Qozonda BRIKS sammiti ishtirokchilarini qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi BRIKS sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini qutlash marosimida qatnashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

"Kazan Ekspo" xalqaro ko‘rgazmalar markazida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Marosimda bir qator mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Tadbirdan so‘ng tantanali qabul marosimi o‘tkazildi.

Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi "BRIKS plyus" formatidagi sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

    Boshqa yangiliklar