AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda doimiy aholi sonini kunlik o‘sish miqdori ma’lum qilindi

2024 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan.

'O‘zbekistonda doimiy aholi sonini kunlik o‘sish miqdori ma’lum qilindi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan. 

Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2024 yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2024 yilning har bir oyida o‘rtacha 61,7 ming kishiga oshgan.

 2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.

    Boshqa yangiliklar