AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Tog‘larda hududlarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda.

'Bugun O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar