AsosiyJamiyat

Chegarada o‘zbekistonlik haydovchini jarohatlagan qozog‘istonlik shaxsga jinoyat ishi ochildi

Chegarada yuk mashinalari to‘planib qolgani bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olindi.

'Chegarada o‘zbekistonlik haydovchini jarohatlagan qozog‘istonlik shaxsga jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida o‘zbekistonlik haydovchi pichoqlangani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Transport vazirligi rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 3 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi chegarasidagi (Qozog‘istonning Turkiston viloyati, Sariyog‘och tumani) “S.Najimov – Kazigurt” nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan hodisa, shuningdek, "Kurmangazi" chegara o‘tish punktida Astraxan shahri (Rossiya) yo‘nalishida yuk avtotransport vositalarining to‘planib qolish holati yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralarda qozoq tomoni o‘zbek haydovchisiga jarohat yetkazish bilan bog‘liq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olingani, hozirda Turkiston viloyati, Sariyog‘och tuman politsiya bo‘limi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilayotgani va Qozog‘iston Respublikasi JKning 293-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilganligi, gumondor shaxs Qozog‘iston fuqarosi qidirilayotganligini ma’lum qildi.

"Kurmangazi" chegara o‘tish punktida avtotransport vositalarining to‘planib qolishi holatini oldini olish bo‘yicha esa qozoq tomoni barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 21:31

    Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

    Prezident Qoraqalpog‘istonda qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, investitsiyani ko‘paytirish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 21:18

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 15:53

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkent metrosi Yangi yil kechasida 2 soat ko‘proq ishlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 15:33

    Toshkent metrosi Yangi yil kechasida 2 soat ko‘proq ishlaydi

    Toshkent metrosi ilk marta Yangi yil bayrami munosabati bilan 31 dekabr kuni soat 05:00 dan 1 yanvar soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

    'Avtomobillarni ro‘yxatidan o‘tkazish davlat raqami belgilari to‘lovi kamaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 14:48

    Avtomobillarni ro‘yxatidan o‘tkazish davlat raqami belgilari to‘lovi kamaytirildi

    Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va yana bir nechta xizmatlardagi to‘lov stavkalari o‘zgartirildi.

    'Murojaatchining muammosiga yechim topish har bir rahbarning ustuvor vazifasidir'ning rasmi

    Jamiyat 23.12.2024 13:51

    Murojaatchining muammosiga yechim topish har bir rahbarning ustuvor vazifasidir

    “2025 yil - atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishi munosabati bilan 800 dan ziyod rahbar kadrlar va sektorlar rahbarlari oldida turgan vazifalarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.