AsosiyJamiyat

Истанбулда бинолар қулаб тушиши ортидан 1 киши ҳалок бўлди

10 nafar kishi jarohatlandi.

'Истанбулда бинолар қулаб тушиши ортидан 1 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

Fotih tumanida yuz bergan hodisa oqibatida qutqaruv ishlari yakunlandi.

22 mart kuni Istanbul markazidagi Fotih tumanida ikkita turarjoy binosi qulab tushdi. Ichki ishlar vaziri Mustafa Chiftchining aytishicha, gaz sizib chiqishi oqibatida portlagan binolarda qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan.

Vayrona ostida qolgan 11 fuqaro topilib, 1 kishi vafot etgan, 10 nafar fuqaro esa jarohatlangan. Jabrlanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davom etmoqda.

Hodisa sababli qo‘shni uylarning derazalariga temir bo‘laklari kelib urilgan. Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan tergov boshlangan va voqea har tomonlama tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar