1

Buyrak xastaliklarining xalqona davosi

Salomatlik 05.12.2016, 10:35
Teglar: Salomatlik
Buyrak xastaliklarining xalqona davosi

Dunyo statistikasiga ko`ra, shifokorga murojaat qiladigan har yigirmanchi kishining buyrak sohasida biron muammo borligi aniqlanar ekan. Aksariyat hollarda ular buyrakdagi surunkali shamollash, qum, tuz hamda tosh yig`ilishlari bilan ifodalanarkan. Hozirgi kunda buyrak bilan bog`liq kasalliklar samarali davolanmoqda. Ammo uy sharoitida qo`llaniladigan foydali reseptlarni bilib qo`yish ham zarar qilmaydi.

«Mikroblarga chidamliligini oshiradi»

— Biz oilamiz bilan qish mavsumida quritilgan mevalardan kompot va sharbatlar tayyorlab ichishga odatlanganmiz.

Ayniqsa, quritilgan mayiz, turshak, olma kabilardan tez-tez kompot qaynatib, har zamonda choy o`rnida ichib tursangiz, organizm kerakli vitaminlar zahirasini to`ldiradi. Tabiiy kompotlar buyraklarni yuvib, mikroblarga chidamliligini oshiradi.

Halima Ahrorova, Andijon viloyati

 

«Qum va tuzlar yuvilib ketadi…»

— Menga bir dugonam o`zi sinab ko`rgan reseptlardan birini o`rgatgandi. O`shandan beri belimda salgina og`riq sezsam, tezda shu damlamani tayyorlayman.

Bu damlamaning peshob haydash xususiyati ham bor. 1 osh qoshiq dalachoy (zveroboy) o`simligi va shuncha miqdorda na`matak mevasini 3 stakan qaynagan suvda damlab, 20 daqiqa dam beriladi. Tayyor damlamadan bir kunda 3 mahal 1/4 stakandan ichiladi. 10 kun ichib, 10 kun dam olinadi. So`ng yana shu tartibda ikki-uch marta takrorlash mumkin. Peshob ajralishi ortishi sabab buyrakda yig`ilgan qum va tuzlar yuvilib ketadi.

Sevara Ilhomova, Samarqand shahri

 

Profilaktika uchun asal eng!

— Buyrak shamollashi sabab qo`l-oyoqlarda shish paydo bo`lsa, asalli muolajani sinab ko`rish mumkin.

Asal kasallikni davolovchi va oldini oluvchi profilaktik usul sifatida ham yaxshi natija ko`rsatadi. Asalni bir kunda 80 gr.dan 120 gr.gacha qabul qilish mumkin. Ertalab och qoringa ozroq qaynagan suv bilan iste`mol qilish ayniqsa foydali. Buyrak faoliyati bilan bog`liq xastaliklarda tog` asalining suyuq xilini tanlagan ma`qul.

Muhayyo Odilova, Yangiyo`l shahri

 

Buyragingizda tosh bo`lsa...

Buyragimda tosh borligini aytishganida 35 yoshda edim. Ketma-ket davolansam ham toshlar butunlay chiqib ketmasdi. Og`riqdan ko`zimga hech nima ko`rinmay qolgan kunlarda nima taklif qilishsa, rozi bo`ladigan darajaga etdim. Shunda bir tanishim g`alati resept haqida aytib berdi.

Unga ko`ra mayizning cho`pini olib tashlab, o`rniga yumaloq murch donasini joylash kerak ekan. So`ng birinchi kuni bir dona mayizni yaxshilab chaynab eyiladi. Ikkinchi kuni ikkita, uchinchi kuni uchtagacha etkazilardi. «Shu tariqa 10 ta murchli mayizni eb bo`lgach, bir kun dam olib, teskarisiga hisobni davom ettirasiz», dedi. Ya`ni 10 dona mayizdan boshlab, bitta qolgunicha eyilardi. Xullas, shu muolajani sinab ko`rganimdan so`ng buyragimda toshlar yig`ilishi asta-sekin kamaydi. Keyin bilsam, mayiz murch bilan birga eyilganda buyrakdagi har qanday turdagi toshni maydalab, tozalar ekan.

Hilola Usmonova, Farg`ona viloyati

 

«Kashnich urug`idan foydalanaman»

Buyraklarimda hech qanday muammo yo`q. Biroq turli taom va eguliklar ta`sirida noxush holatlar kelib chiqmasligi uchun vaqti-vaqti bilan buyraklarni tozalab turaman. Bunda menga oddiy kashnich urug`i qo`l keladi.

1 choy qoshiq kashnich urug`ini 0,5 litr qaynagan suvda damlab, usti yopiq idishda ertalabgacha qoldiraman. Damlamani iliq holatda kuniga 2-3 mahal qabul qilaman. Muolaja samaradorligini oshirish uchun kechasi 1 stakan suvga 2 osh qoshiq mayiz aralashtirib, ertasiga kun bo`yi oz-ozdan ichaman. Mayizini esa eyman. Bunday muolaja davomiyligi bir haftani tashkil etadi. Sodda ko`ringani bilan bu muolajadan so`ng buyraklar tozalanib, ortiqcha bezovtalik bo`lmaydi.

Mohira Davlatova, Toshkent viloyati

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1