AsosiyJamiyat

Raqobat qo‘mitasi “Uzum Market” murojaati asosida “YandexGo”ga nisbatan ish yuritishni boshladi

Kompaniya “Yandex Market” reklama roligida insofsiz raqobat va “Uzum Market”ning ishchanlik kayfiyatiga putur yetkazishda ayblanmoqda.

'Raqobat qo‘mitasi “Uzum Market” murojaati asosida “YandexGo”ga nisbatan ish yuritishni boshladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Uzum Market MCHJ XK tomonidan bildirilgan rasmiy murojaatni ko‘rib chiqdi.

Murojaatda “YandexGo” UB MCHJ tomonidan ommaviy axborot vositalarida, xususan televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan Yandex Market reklama materiali orqali Uzum Market obro‘siga putur yetkazilishi holatlari qayd etilgan.

Qo‘mitaning tegishli maxsus komissiyasi tomonidan ushbu murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi hamda natijalarga ko‘ra, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, YandexGo UB MCHJga nisbatan qonuniy tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Mazkur modda doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardosh faoliyatiga g‘ov bo‘luvchi bir qator harakatlar, xususan raqobatchilarni obro‘sizlantirish, noto‘g‘ri taqqoslash, iste’molchilarni chalg‘itish, tijorat sirini noqonuniy tarzda egallash va raqobatchilarni bozorga kirishiga sun’iy to‘siqlar qo‘yish kabi holatlar qat’iy taqiqlanadi.

Raqobat qo‘mitasi bu kabi holatlarga nisbatan qat’iy pozitsiyada bo‘lib, tadbirkorlik muhitining sog‘lom va adolatli raqobat tamoyillari asosida shakllanishini ta’minlashga intiladi. Ish doirasida barcha tegishli materiallar chuqur tahlil qilinib, qonuniy baho berilishi ta’minlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31