Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim almashildi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘ldi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rumen Radev xalqlarimiz do‘stligi va hamkorligi, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga mushtarak intilishning ifodasi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.