“O‘q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-381-son, 04.11.2024) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida bosqichma-bosqich 10 m masofaga o‘q otish sport bazalarini tashkil etiladi hamda ularni zamonaviy sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlanadi.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Sport faoliyati: o‘q otish va stenddan o‘q otish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
Shuningdek, o‘q otish sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning trenerlari, seleksionerlari, hakamlari va boshqa mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar, trening va mahorat darslari o‘tkazib boriladi.
2025 yildan boshlab har yili::
- harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida o‘q otish sport turlari bo‘yicha “Mergan” kubogi;
- o‘q otish sport turlari bo‘yicha belgilangan yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatlari o‘tkaziladi.
Tuman (shahar)lardagi sport maktablarida bosqichma-bosqich o‘q otish sport turlari bo‘yicha sport guruhlari tashkil etiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:
- chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturlari doirasida “O‘qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi;
- amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning o‘quv-moddiy bazasidan foydalaniladi.