Ekologik partiya iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga bo‘lgan talabi ortishi sabab uglevodorodlar, ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishning oshishi kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Partiya tahliliga ko‘ra, Toshkent shahri atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yurityapti. Ularning 60 foizi ko‘mirdan, ba’zan esa rezina shinalar va boshqa yonuvchi vositalardan foydalanyapti. Shahar havosining yomonlashuvida issiqxonalarning ta’siri ko‘p.
Shuningdek, havoning ifloslanishiga ko‘p sanoat korxonalarida uskunalarning ma’nan eskirgani va aksariyat korxonalar zamonaviy filtrlar o‘rnatmayotganini sabab bo‘lmoqda.
Atmosfera havosi ifloslanishiga oid har qanday holatdan xavotirga tushgan Ekopartiya Ekovazirlik va Bosh prokuraturadan tezkor choralar ko‘rishni so‘rab, deputatlik so‘rovini kiritgan.