AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

'Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

Navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston-Saudiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ar-Riyoddagi favqulodda sammit o‘z vaqtida tashkil etilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni oshib bormoqda.

"Yashil" energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kommunikatsiyalar sohasida, qishloq xo‘jaligi, sanoatda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan 2025 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston yetakchisi fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu bilan Ar-Riyodga amaliy tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlandi, davlatimiz rahbari Bokuga jo‘nab ketdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘ona viloyatini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi'ning rasmi

    Siyosat 03.12.2024 18:11

    Farg‘ona viloyatini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi

    Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

    'O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 29.11.2024 09:34

    O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Ravshanbek Alimov bunga qadar Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.

    'Italiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi'ning rasmi

    Siyosat 27.11.2024 09:16

    Italiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

    Elchi Agostino Pinna bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazildi.

    'Dunyoda 2000 yildan boshlab onalar o‘limi uchdan bir qismga kamaydi'ning rasmi

    Siyosat 26.11.2024 09:25

    Dunyoda 2000 yildan boshlab onalar o‘limi uchdan bir qismga kamaydi

    O‘zbekiston delegatsiyasi "Pekin+30" sharhi bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi

    'O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 25.11.2024 09:25

    O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi kutilmoqda

    Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish xususida fikr almashildi.

    'O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 22.11.2024 07:46

    O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi

    Elchi G‘ayrat Fozilov ishonch yorliqlarini topshirdi.