AsosiySalomatlik

Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?

Hozir bu mavzu ko‘pchilik uchun dolzarb.

'Grippdan so‘ng organizm qancha vaqtda tiklanadi?'ning rasmi

Sababi, kuz-qish mavsumi — grippga chalinish holatlari ko‘payadigan davr. Qolaversa, ushbu kasallikning simptomlaridan ko‘ra asoratlari xavfliroq, deydi Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Shaxlo Isamuxammedova.

Shu bois isitma me’yorlashib, yo‘tal va burun oqishi to‘xtagach, kasallikdan to‘liq tuzaldim, deb o‘ylash — yanglish xulosa. 

Negaki, grippning o‘tkir bosqichidan so‘ng jismoniy va ruhiy toliqqan, suvsizlangan hamda ko‘p quvvat yo‘qotgan organizmning tiklanish davri boshlanadi. Bu vaqtda tanada holsizlik, charchoq va zaiflik kuzatiladi. 

Tahlillarga ko‘ra, grippning yengil shaklida organizm taxminan yetti-o‘n kun ichida tiklanadi. Xastalikning o‘rta og‘ir bosqichida bu muddat o‘n-o‘n to‘rt, ba’zan 21 kungacha cho‘ziladi. Grippning og‘ir shaklini to‘liq yengib, quvvatga kirish uchun esa uch oy vaqt kerak.

Bu har kimda har xil kechadi. Tiklanish muddati bemorning kasallik boshlanishidan avvalgi immuniteti holatiga bog‘liq. Chunki virus surunkali xastaliklarni qo‘zg‘atib yuborishi mumkin. 

Bundan tashqari, gripp asoratlari nafaqat otit va sinusit, balki virusli pnevmoniya, meningit, yurak ishemik kasalliklari, bronxial astma va surunkali bronxitni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Bu, viruslarga qarshi kurashish natijasida immunitet zaiflashib, ichki a’zolar faoliyati buzilishi bilan izohlanadi. Shuningdek, xastalik chog‘ida infeksiyalar tufayli asab tizimi zararlanadi. Oqibatda bemor to‘liq oyoqqa turganidan keyin ham toksinlarning miyaga ta’siri uzoq davom etadi. 

Shu sababli bemor holsizlik, jizzakilik, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi, xotira susayishi va ish qobiliyati pasayishidan aziyat chekadi.

O‘z navbatida, muolaja jarayonida foydalanilgan dori-darmonlarning jigar, buyrak va ovqat hazm qilish tizimiga ayrim nojo‘ya ta’sirlari sezilishi ehtimoli mavjud. 

Shu tufayli grippdan tuzalgan bemorlarga jismoniy faollik va stressdan saqlanish, immunitetni mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanish,  vitamin terapiyasi, ichak mikroflorasini tiklashga qaratilgan dori-darmon muolajaci, massaj va fizioterapiya mashqlari tavsiya etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi'ning rasmi

    Salomatlik 11.11.2024 12:23

    JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan 17 ta patogen ro‘yxatini taqdim etdi.

    'Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo‘li topildi'ning rasmi

    Salomatlik 05.11.2024 14:14

    '2050 yilgacha Yer yuzida 60 yosh va undan kattalar soni ikki barobar oshadi'ning rasmi

    Salomatlik 17.10.2024 14:40

    2050 yilgacha Yer yuzida 60 yosh va undan kattalar soni ikki barobar oshadi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sayyoramiz aholisi o‘rtasida keksa yoshli kishilar ulushi bilan bog‘liq tahliliy ma’lumotlarni e’lon qildi.

    'Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumki'ning rasmi

    Salomatlik 16.10.2024 13:42

    Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumki

    Odatda jarrohlik amaliyotidan so‘ng teridagi kesmalarning o‘rni bitishi uchun bir necha hafta va kundalik tibbiy parvarish talab etiladi.

    'Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?'ning rasmi

    Salomatlik 14.10.2024 14:22

    Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?

    Zamonaviy hayotning toksik yukini hisobga olgan holda samarali ishlashi kerak bo‘lgan tanani tabiiy tozalashning uchta bosqichi haqida mutaxassisdan tavsiyalar.

    '25 yil ichida bakteriyalar tufayli 208 million odam hayotdan ko‘z yumishi prognoz qilindi'ning rasmi

    Salomatlik 14.10.2024 10:11

    25 yil ichida bakteriyalar tufayli 208 million odam hayotdan ko‘z yumishi prognoz qilindi

    JSSTga ko‘ra, emlanish orqali antibiotiklar qo‘llanilishini 22 foizga kamaytirish mumkin