AsosiySiyosat

2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston ham energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 70 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri keladi.

'2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari'ning rasmi

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi muammosining jiddiyligini tan oladi va 2030 yilga borib yashil energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazadi. Bu haqda Energetika vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminov Ozarbayjonning Baku shahrida bo‘lib o‘tgan COP29 doirasidagi Markaziy Osiyoda energiyaga o‘tish bo‘yicha investitsiya forumida ma’lum qildi.

Vazirlik rasmiysining ta’kidlashicha, O‘zbekiston toza energiyaga o‘tish va uglerod bozorlarini rivojlantirish tarafdori. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika ham energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 70 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri keladi.

“So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston o‘zining uglerod izlarini kamaytirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiyalash va 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga intilmoqda. Qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi kamida 40 foizni tashkil etadi, shuning uchun ham bizning asosiy maqsadimiz – qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish”, degan Mamadaminov.

Vazir o‘rinbosari toza energiyaga o‘tishda chegaradosh davlatlar bilan transchegaraviy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik qilish muhimligini qo‘shimcha qilgan.

“Hozirda ko‘plab gidroenergetika loyihalari amalga oshirilmoqda, biz Qirg‘iziston va Qozog‘iston, shuningdek, Tojikiston bilan hamkorlikda ish boshladik”, deydi vazir o‘rinbosari.

Mamadaminovning aytishicha, hozirda barcha Markaziy Osiyo davlatlari uglerod bozori bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqmoqda. O‘zbekistonda ham bu boradagi me’yoriy-huquqiy baza ishlab chiqilmoqda va 2024 yilning oxirigacha tayyor bo‘ladi.

Shuningdek, u iqlim bo‘yicha maqsadlarga erishish uchun moliya institutlarining hamkorligi va xalqaro hamjamiyatning yordami zarurligini ta’kidlab o‘tgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 08:51

    Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi

    Markaz faoliyati yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

    'Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 14.11.2024 20:51

    Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi.

    'O‘zbekiston: jadal islohotlar va jahon miqyosidagi e’tirof Euronews nigohida'ning rasmi

    Siyosat 14.11.2024 10:36

    O‘zbekiston: jadal islohotlar va jahon miqyosidagi e’tirof Euronews nigohida

    Euronews telekanali muntazam ravishda Yangi O‘zbekiston haqidagi materiallar va videolavhalarni e’lon qilish orqali keng auditoriyaga mamlakatning boy tarixiy va madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari hamda keng qamrovli islohotlar to‘g‘risida ma’lumot yetkazishga ko‘maklashmoqda.

    'O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari "yashil” energiya loyihasiga start berishdi'ning rasmi

    Siyosat 13.11.2024 13:11

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari "yashil” energiya loyihasiga start berishdi

    COP29 sammiti doirasida ushbu sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 12.11.2024 22:44

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Nufuzli xalqaro moliya instituti bilan keng qamrovli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 12.11.2024 18:41

    Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Ta’lim va ekologiya sohasidagi almashinuvlarni mustahkamlash, BMTning Orolbo‘yi uchun Trast jamg‘armasi faoliyatida Finlyandiyaning faol ishtirok etishi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.