AsosiySport

Krishtianu Ronaldu jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq to`lashdan qochganlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, deya xabar qilmoqda CBS Sports nashri.

Ronaldu har xil yo`llar bilan soliq to`lash majburiyatidan qochgan bo`lishi mumkin, deya baholanmoqda. U Ispaniyada faoliyat yuritishiga qaramay, homiylik shartnomalarini Dublindagi Multisport Image Management kompaniyasi orqali tuzgan. Ma`lumot o`rnida, Irlandiyada foydadan olinadigan soliq 12,5% bo`lsa, o`sha vaqtlari Ispaniyada bu ko`rsatkich 43,5%ga teng edi.

Avvalroq, Spiegel nashri Ronaldu agenti Mendesh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo`yicha 150 mln evroni yashirganligini xabar qilgan edi. Biroz o`tib, Mendeshning kompaniyasi Ronaldu barcha soliq majburiyatlarini bajarganligi to`g`risida ariza bilan chiqgan.

Futboldagi noqonuniy pul aylanmalariga qarshi kurashuvchi Football Leaks guruhi, yaqin uch hafta ichida ushbu mavzuga oid shov-shuvli ma`lumotlar taqdim etishni va`da qilmoqda.

Boshqa yangiliklar