AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida Gruziya bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

O`zbekiston milliy terma jamoasi 2017 yilning 21-24 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o`tkaziladigan navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`ini doirasida Gruziya termasi bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazadi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Mazkur uchrashuv 2017 yilning 23 yanvar kuni bo`lib o`tadi. Bo`lajak o`yin O`zbekiston terma jamoasi uchun JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi.

Avvalroq O`zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahrida Armaniston terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etish kerakki, Gruziya terma jamoasi Evropa qit`asidan JCh–2018 saralash bosqichi “D” guruhidan o`rin olgan bo`lib, 2 ochko bilan 6 ta jamoa orasida 5-o`rinda bormoqda.

Samvel Babayan murabbiyligi ostidagi terma jamoa JCh–2018 uchinchi saralash bosqichi o`yinlarini 2017 yilning 23 mart kuni Suriyaga qarshi safardagi o`yin bilan davom ettiradi. 

Ma`lumot uchun, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan so`ng 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Guruh peshqadami Eron hisobida 11 ochko, ikkinchi o`rinda borayotgan Janubiy Koreyada 10 ochko mavjud. 

Boshqa yangiliklar