Tel-Aviv universiteti tadqiqotchilari COVID-19 ga qarshi burun spreyi shaklida innovatsion vaksina ishlab chiqdi. Undan foydalanish qulay bo‘lib, virusning barcha asosiy variantlariga qarshi samarali va xona haroratida saqlanishi mumkin. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda.
Texnologiya burun bo‘shlig‘idagi himoya hujayralarini faollashtiradigan virusli peptidlarni o‘z ichiga olgan nanozarrachalardan foydalanadi. Viruslar sog‘lom tanaga burun orqali kiradi va ta’sir qiladi.
Intranazalni qabul qilish usuli ham emlash jarayonini osonlashtiradi, ayniqsa, in’eksiyadan qo‘rqqanlar uchun.
Yangi ishlanma ommaviy emlash uchun pandemiyaga qarshi kurashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.