AsosiyJamiyat

Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirildi

Davlat rahbariga ijtimoiy va diniy sohalardagi ishlar bo‘yicha axborot berildi.

'Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirildi'ning rasmi

Davlat rahbariga ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda diniy ma’rifatni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi.

O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Konstitutsiyamizda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Ming shukrki, yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhiti hukm surmoqda. Barcha din vakillari ibodat amallarini emin-erkin ado etmoqda.

Oxirgi besh yilda diniy-ma’rifiy sohaga oid 3 ta qonun, 4 ta Prezident farmoni va ko‘plab qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda ularning ijrosi din vakillariga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Xususan, yurtimiz musulmonlari uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida 100 dan ortiq masjid barpo etildi, 555 tasi ta’mirlandi. Diniy tashkilotlar uchun bino qurilishiga yer ajratish tartibi joriy qilindi.

Haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirildi. Keyingi yetti yilda 60 mingdan ziyod yurtdoshimiz haj amallarini bajardi. Umra safarlarini tashkil qilish qonuniy tartibga solindi.

Sohada malaka va ilm masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy-tadqiqotlarga zamin bo‘lmoqda. Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy o‘rta maxsus ta’lim muassasasida malakali mutaxassislar tayyorlanayapti. Shuningdek, 30 ming fuqaro “Qur’oni karim va tajvid” kurslarini tamomladi.

Qabristonlarni obod qilish – savobli ish. So‘nggi yillarda Abu Iso Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Sulton Uvays Qaraniy, Suzuk ota yodgorlik majmualari obod qilindi. Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazida bunyodkorlik davom etmoqda. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ham 90 ta ziyoratgoh ta’mirlanib, obodonlashtirildi.

Islom ma’rifatini keng yoyish va tajriba almashish maqsadida xalqaro aloqalar ham kengaytirilmoqda. Jumladan, bu yil yurtimizda “Islom – ezgulik va tinchlik dini” hamda “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, Bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazildi.

Ma’lumki, bugun kibermakonda xavf-xatarlar kuchayib bormoqda. Chegaralar va qonunlarni tan olmaydigan internet tarmoqlari orqali radikal g‘oyalar ham kirib kelmoqda. Buning oqibatida aholining nisbatan zaif qatlamlari, jumladan, yoshlar turli noqonuniy guruhlar ta’siriga tushib qolayotgani afsuslanarli. Butun jamoatchilik bundan ogoh bo‘lishi, ulamolar va nuroniylar to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi kerak. 

Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari tajribasi asosida mahallalarda “Oqsoqollar va ota-onalar kengashlari” tuzilgani bunda muhim o‘rin tutmoqda. Yurtimiz hojilarining “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” degan tashabbusi ham ijtimoiy vaziyatni yaxshilashda ijobiy qadam bo‘ldi.

Bunday xayrli ishlarni davom ettirib, mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni ilmu hunarga chorlash muhimligi aytildi. Mutasaddilarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mamlakatimizdagi  diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda gaz portlashi oqibatida er-xotin vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:30

    Buxoroda gaz portlashi oqibatida er-xotin vafot etdi

    Ularning ikki nafar qizi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan.

    'Rubl kursi keskin tushib bormoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:20

    Rubl kursi keskin tushib bormoqda

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'Afg‘onistondagi yer qimirlashi Toshkentda ham sezildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:52

    Afg‘onistondagi yer qimirlashi Toshkentda ham sezildi

    Afg‘onistonda yer silkinishi qayd etildi.

    'Qurilish obyektlarida 82,1 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlangan'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:58

    Qurilish obyektlarida 82,1 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlangan

    Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

    'Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:16

    Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

    Uning o‘rniga Hisob palatasining raisi o‘tirdi.

    'Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanmasi monitoring qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:20

    Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanmasi monitoring qilinadi

    Korxonalarda spirt va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanmasi hajmini hisobga olish tizimini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi yagona onlayn axborot tizimiga integratsiya qilinmoqda.