AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shuningdek, Prezidentlar Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

'Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlatimiz rahbari Qirg‘iziston yetakchisiga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar, qardosh qirg‘iz xalqiga esa farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Qo‘shma investitsiya fondi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va ishbilarmonlik aloqalari, madaniy almashinuvlar faollashdi.

Energetika va transport sohalarida yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi'ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 15:13

    Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi

    Davlat rahbari pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

    'So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi'ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 15:09

    So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi

    Oliygohlar soni ham 77 tadan 202 tagacha koʻpayib yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.

    'Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 14:53

    Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

    Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar kasb ustalari esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

    'Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 14:42

    Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi

    Yangi o‘quv yilidan 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlar bilan ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 14:32

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 14:23