AsosiySalomatlik

JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi

Tibbiy test natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi.

'JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi'ning rasmi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xavfli kasalliklardan biri hisoblangan tuberkulyozga tashxis qo‘yishning yangi diagnostika usulini tasdiqladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

“Xpert MTB/RIF Ultra” deb nomlanuvchi ushbu sinama xastalikka gumon qilingan kishilar so‘lagida sil kasalligini qo‘zg‘atuvchi bakteriya — Mycobacterium tuberculosisning genetik belgilarini molekular tahlil yordamida aniqlashga mo‘ljallangan.

Tibbiy test natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi. Qolaversa, mazkur sinama orqali so‘lak tarkibidagi infeksiyaning genetik mutatsiyalarini ham aniqlash mumkin. Bu esa shifokorlarning muqobil muolaja usullarini tanlashlarida asqatadi.

 Eslatib o‘tamiz: tuberkulyoz har yili dunyo bo‘yicha bir million nafardan ortiq bemorning o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Hozir bu kasallikni, xususan, uning dorilarga chidamli turlarini erta bosqichda aniqlash JSSTning global maqsadlari qatoriga kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar