AsosiyJamiyat

Bugun ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi

Respublikada harorat -10 darajagacha sovuq bo‘ladi.

'Bugun ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet 16 dekabr kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahri
Havo bulutli bo‘ladi, kechasi qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12° sovuq, kunduzi 3-5°sovuq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RЕSPUBLIKASI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15°sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi

TOSHKЕNT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda qor yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba’zi joylarda 15°sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, ba’zi joylarda 5-10° sovuqqacha pasayadi kunduzi 3° sovu-2 iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

RЕSPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti blan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar